Central Asia Gateway

Markaziy Osiyo va xalqaro bozorlarni bog‘lash

Import va eksport tartibini bosqichma-bosqich ko'ring:

Izlash

Tashqi savdo haqida ma'lumot berish

Info Trade Central Asia Gateway (Central Asia Gateway) Markaziy Osiyo hududida, hamda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan yoki mamlakatlariga sotiladigan aksariyat mahsulotlar uchun litsenziyalar, ruxsatnomalar va bojxona rasmiylashtiruvi bo'yicha bosqichma-bosqich shakllantirilgan qo'llanmaga bevosita yo’l ochib beradi.

Central Asia Gateway Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekistondagi milliy savdoni soddalashtirish platfomalaridan avtomatik ravishda ma'lumotlarni ajratib oladi va ularni milliy eksport, import va tranzit jarayonlarini transport turiga qarab, avtomobil, temir yo'l, dengiz yoki havo transporti orqali amalga oshirilishini bosqichma-bosqich tartibda taqdim etadi. Har bir bosqichda Central Asia Gateway foydalanuvchilarga qaerga borish, kim bilan uchrashish, qanday hujjatlarni topshirish, qanday shakllarni to‘ldirish, qancha to‘lash, bosqich qaysi qonun tomonidan tartibga solinishi va muammo yuzaga kelganda qayerga shikoyat qilish kerakligi haqida ma’lumot beradi.

Multimodal transchegaraviy savdoning bunday shaffofligi mintaqada “eshikdan eshikka” yetkazib berishni osonlashtiradi va har bir foydalanuvchiga Markaziy Osiyo koridorlaridan samarali foydalanish, hamda savdo integratsiyasini qo’llab quvvatlash imkonini beradi.

Boshqa umidsizlik bo’lmaydi! Endilikda tadbirkorlar turli hil qoidalar va cheksiz hujjatlarni o’rganish o’rniga, tugmani bir marta bosish orqali kerakli ma'lumotlar bilan tanishishlari mumkin.

Savdo siyosatini uyg'unlashtirishga ko'maklashish

Central Asia Gateway bilan koridorlar bo‘ylab mahsulotlar harakati tezlashadi va to’siqlarsiz amalga oshadi, bu esa mintaqaviy va jahon bozorlariga chiqishga yordam beradi.

Central Asia Gatewayda markaziy rolni Savdo jarayonini soddalashtirish indeksi (SJS indeksi) o'ynaydi.

SJS indeksi Markaziy Osiyo mamlakatlariga ilg‘or tajriba almashish, hamda mintaqaviy va milliy darajalarda tartibotlarni soddalashtirish bo’yicha qo'yilgan maqsadlariga erishish yo‘lini kuzatish imkonini beradi.

Bu savdoga ko'maklashuvchi institutlar uchun Markaziy Osiyo mamlakatlari bo'ylab import va eksport qulayligini hamda tegishli ma'muriy yuklamani o'lchash va solishtirish imkonini beradi.

Hozirgi vaqtda SJS indeksi Markaziy Osiyo mamlakatlarida faqat savdoni soddalashtirish tashkilotlari tomonidan qo'llaniladi.